Sinfda davomat pastligi uchun sinf rahbarga chora ko‘rish to‘g‘rimi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 20 – dekabrdagi 565-sonli buyrug‘iga 37-ilovada tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan muassasalar) xodimlarining lavozim majburiyatlariga asosan o‘qituvchining lavozim majburiyatlari ichida o‘quvchilarni davomat qilish qilish va shu kunning o‘zida sinf jurnaliga kiritish majburiyati belgilangan.

 

Biroq bu majburiyat ichida o‘quvchilarni sinfda bo‘lishini ta’minlash degan majburiyat yo‘q.

 

Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘quvchini darsga kelmaganligi uchun o‘qituvchiga intizomiy ta’sir chorasi qo‘llash noto‘g‘ri.

 

Bu holatda qo‘llanilgan intizomiy jazo o‘qituvchining xatti-harakatiga nomutanosib bo‘lgani uchun yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 301-, 313 – moddalariga ko‘ra qo‘llanilgan intizomiy jazo yuzasidan tuman adliya bo‘limiga yoki Davlat mehnat huquqi inspektoriga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

 

Bu vaziyatda o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan chora ko‘rish mumkin.

 

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 47-moddasiga asosan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры