Sovrin jamg‘armasi 89 million so‘m bo‘lgan “Til bilimdonlari” tanloviga start berildi

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Til bilimdonlari” respublika tanlovi e’lon qilindi.

 

Ushbu tanlovda barcha davlat, xususiy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari (bakalavr va magistratura talabalari) hamda kollej, litsey va texnikum o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish uchun @tiluzbot orqali kirib, ishtirok etishlari mumkin.

 

Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

 

  • 1-o‘rin – 8 million so‘m;
  • 2-o‘rin – 6 million so‘m;
  • 3-o‘rin – 5 million so‘m;
  • 4-o‘rin – 3 million so‘m;
  • 5-o‘rin – 2 million so‘m.

 

Bundan tashqari, hududiy bosqich g‘oliblari tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasalari tomonidan ham pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

 

  • 1-o‘rin – bazaviy stipendiya miqdorining 4 barobari;
  • 2-o‘rin – bazaviy stipendiya miqdorining 3 barobari;
  • 3-o‘rin – bazaviy stipendiya miqdorining 2 barobari.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры