Bu holatda “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 3271) 15 va 16-bandlari dars taqsimotiga nisbatan qo‘llaniladi.
Nizomning 15-bandiga chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar) 3-pog‘onada qayd etilgan.
E’tibor bergan bo‘lsangiz, qoidada STEAM fanlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar keltirilgan. Mazkur nizom 16-bandiga ko‘ra dars taqsimotida ustuvor ketma-ketlik inobatga olinadi.
Demak, milliy yoki xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilar toifasi bor o‘qituvchilardan ham ko‘proq dars olishga haqli.