Sinov muddati uzog‘i bilan uch oy muddatga xodimning ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish, mehnat shartnomasida kelishilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi uchun tuziladi.
Biroq quyidagi shaxslar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi (MK 84-modda) :
-homilador ayollar;
– uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar;
-korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar;
-o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari.
Bundan ko‘rinadiki, talabalar OTMni bitirgach ishga 1-marotaba ishga kirayotganida sinov muddati belgilashga qonunan yo‘l qo‘yilmaydi.