Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 62-maktab o‘qituvchisi bolalarning ko‘z o‘ngida mushukni derazadan uloqtirgan o’qituvchi sud qarori bilan 375 ming so‘mga jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edik.
Bu masala borasida Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarni o’rganib chiqqanligi haqida axborot xizmati ma’lum qildi.
O’rganish natijalariga ko’ra, Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’ining 2024 yil 4 oktyabrdagi tegishli buyrug’i bilan maktab direktori Sh. N. ga jamoada nazoratni susaytirganligi, o’z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi uchun hayfsan intizomiy jazosi berilgan.
Voqeaga daxldorligi uchun maktab o’qituvchisi D. X. Ichki ishlar organlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 111-moddasi 1-qismiga asosan javobgarlikka tortilib, o’z arizasiga binoan egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.