Maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagoglari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda

2024-yilning avgust-dekabr oylarida Jahon Bankining “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagoglari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilishi belgilangan.

 

Shuningdek, 36 soatga mo‘ljallangan qisqa muddatli kurslarda davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 6 mingdan ziyod metodistlari va 75 mingdan ziyod tarbiyachilari o‘qitiladi.

 

 

To‘rt bosqichdan iborat o‘quvlar bolalarda ijtimoiy-hissiy, sanoq va kognitiv ko‘nikmalari hamda nutq, muloqot, o‘qish, yozish malakalarini rivojlantirishga qaratilgan modullar asosida o‘tkaziladi.

 

Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davomida hududlarda tayanch davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari, metodistlar hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 450 nafar trenerlari o‘qitiladi.

 

Ma’lumotlarga kòra, loyiha doirasida hozirda Xorazm viloyati, Xiva shahrida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagoglari kasbiy mahorati oshirmoqda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры