Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi asosiy fan olimpiadasining maktab bosqichi g’oliblari to’g’risidagi ma’lumotlar kechikayotgani bilan bogʻliq vaziyatga izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, ma’lumotlarni elektron platformaga kiritish saytdagi texnik nosozlik yuzaga kelgan.
“Hozirda IT mutaxassislar ishlarni olib borishmoqda, yaqin orada yakunlashadi. Agarda texnik jihatdan muammo o’z yechimini topmasa yoki nosozlik davom etadigan bo’lsa, u holda ro’yxatni qog’oz shaklda shakllantirishga ruxsat beriladi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Ta’kidlash lozim, oldinroq, asosiy fan olimpiadasining tuman va viloyat bosqichlari o’tkaziladigan sanalar e’lon qilingandi.