2025-yildan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi uchun kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinadi

2025-yildan boshlab maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinadi.

 

Bu haqida “Taʼlim xabarlari” muxbiriga A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan press-turda institut axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Bunda Prezident maktablarida toʻplangan ilgʻor tajribalarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi orqali umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga keng tatbiq etiladi. Rahbar kadrlar uchun malaka oshirish kurslari menejerlik oʻquv kurslari uchun joriy etilgan tartib asosida, pedagog va mutaxassis kadrlar uchun zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan taʼlim dasturlari boʻyicha tashkil etiladi.

 

 

Shuninghdek, Prezident qaror bilan Abdulla Avloniy nomidagi institut pedagoglarda kasb mahoratini oshirishga masʼul boʻlishi belgilangan.  Institutning 12 ta hududiy markazini zamonaviy qiyofaga keltirish va jihozlash uchun yaqin 3-yilda byudjetdan har yili 50 milliard soʻm ajratiladi.

 

 

Jumladan, malaka oshirishda vazirlik, malaka oshirish markazi, maktab va bogʻchani bogʻlaydigan vertikal tizim yoʻlga qoʻyiladi. Bundan tashqari, joylarda 1 ming 300 ta tayanch maktab va 200 ta bogʻcha tanlab olinib, ulardagi yetakchi oʻqituvchilar yosh pedagoglar uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati”ni tashkil etadi.
Buning uchun yetakchi oʻqituvchilarning ish haqiga 20 foiz ustama qoʻshiladi.

 

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning o’tgan vaqti davomida 316 376 nafar (193 170 nafari mahorat markazlarida, 113 732 nafari “Uzliksiz kasbiy ta’lim” platformasida, 5 204 nafari oliy ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim tashkilotlarida) pedagog kadrlar malakasi oshirilgan.

 

 

Vazirlik huzuridagi Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 4 270 nafar ta’lim muassasalari rahbarlarining malakasi oshirilgan. 666 nafar amaldagi direktorlar va 1 201 nafar direktor lavozimiga nomzodlar menejerlik o’quv kurslarida o’qitilgan.

 

 

Umumta’lim maktablarining 120 nafar o’qituvchisi Fransiyada, 32 nafar professor-o’qituvchi Qozon federal universiteti va Belarus davlat pedagogika universitetiga malaka oshirishga yuborilgan.

 

 

Hozirga qadar 1500 nafar umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori lavozimiga nomzod, 1000 nafar amaldagi maktab direktorini “Menejerlik o’quv kurslari”da o’qitish belgilangan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры