7 oktabr kuni Fransiyada bo’lib o’tgan Xalqaro Frankofoniya tashkilotining 19-sammiti bo’lib o’tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Nitsadagi Frankofoniya universiteti rahbari Yann Librati bilan uchrashdi.
Uchrashuvda janob Librati O‘zbekiston fransuz tili yo‘nalishida mintaqaviy “hab”ga aylanishiga ishonch bildirdi.
Ma’lumot o’rnida: hozirgi kunda O’zbekistonda fransuz tili 600ga yaqin maktablarda xorijiy til sifatida va 100 ga yaqin maktablarda ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitib kelinmoqda.
Yig’ilishda turli malaka oshirish dasturlari va o‘zaro tajriba almashuvlarni jadallashtirish muhimligi qayd etildi. Shuningdek, fransuz tomoni ushbu yo’nalishlarda yangi loyihalarni qo’llab-quvvatlashini bildirdi.
Muhokama so’ngida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Nitsadagi Frankofoniya universiteti o‘rtasida 2025-yil davomida 200 nafar o’zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilarini grant asosida Fransiyaga malaka oshirishga yuborish bo‘yicha kelishuv imzolandi.