“Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident Farmoni (PF-152-son, 30.09.2024 y.) qabul qilindi
Farmonga ko’ra, maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturi doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:
– kichik va o’rta guruhlardagi bolalarda kognitiv, psixomotor va ijtimoiy ko’nikmalarni rivojlantirish;
– katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalarda bilim olish, kommunikativ va ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan o’quv-metodik materiallarni ishlab chiqish.
2026/2027-o’quv yilidan boshlab:
– bog’chalar tomonidan Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida bolaning rivojlanish xaritasini yuritish amaliyoti joriy qilinadi;
-maktabga tayyorlov guruhlarini tamomlagan bolalarga ularning rivojlanish xaritasi asosida bir yillik maktabga tayyorlovdan o’tganlik haqida elektron sertifikat berish yo’lga qo’yiladi.
2025-yil 1-avgustga qadar:
– maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturi doirasida ishlab chiqilgan elektron resurslar, audiovizual mahsulotlar va o’quv-metodik materiallar Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida joylashtiriladi hamda ulardan erkin va bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi;
– maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida ota-onalar uchun shaxsiy kabinet yaratiladi va unda bolaning rivojlanish xaritasi ma’lumotlarining joylashtirilishi ta’minlanadi.