Chorshanba kuni Italiya parlamenti ta’lim to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.
Unga ko‘ra, boshqa chora-tadbirlar qatorida, xulq-atvor baholari ham qaytariladi. Bu amaliyot 1924-yili Mussolini hukumati tomonidan joriy etilgan va 2000-yillarda bekor qilingan edi.
Xulq-atvor 10 ballik tizimda baholanadi. Besh va undan kam ball olgan o‘quvchilar qaytadan o‘qishlari kerak bo‘ladi. Xulq-atvor bahosi bitiruv imtihoni natijalariga ham ta’sir qiladi.
Bundan tashqari, maktab xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik uchun 500 dan 10 ming yevrogacha jarima joriy etildi. The Guardian nashrining yozishicha, bu chora o‘quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan maktab xodimlariga hujum qilish holatlarining ko‘payishiga javoban kiritilgan. 2024-yilda bu kabi hodisalar soni 2023-yilga nisbatan ikki barobar oshgani aniqlangan.
O‘quvchilar, asosan, sinfda mobil telefonlardan foydalangani sabab o‘qituvchilar bilan ziddiyatga borishgan.