Aniq va Ijtimoiy Fanlar Universiteti: Logistika yo‘nalishi uchun qabul boshlandi

Aniq va Ijtimoiy Fanlar Universiteti yangi o‘quv yili uchun «Logistika» yo‘nalishiga qabul boshlanishini e’lon qiladi. Logistika ta’minot zanjirining asosiy qismi bo‘lib, hozirgi zamonaviy iqtisodiyotda katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu sohada yetuk kadrlar tayyorlash O‘zbekiston mehnat bozori ehtiyojlariga to‘liq mos keladi.

 

Hurmatli talabalar, universitetimizning yangi yo‘nalishi zamonaviy talablarga mos ravishda ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu sohada chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Dastlabki bosqichda siz logistikaning asosiy tushunchalari, jumladan, ta’minot zanjiri boshqaruvi, transport va omborxona logistikasi, mahsulot oqimlarini rejalashtirish hamda xarajatlarni boshqarish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lasiz. Keyingi bosqichlarda rejalashtirish va to‘g‘ri tahlil bo‘yicha chuqurroq bilimlar egallanadi.

 

Shuningdek, talabalar ekologik logistika, omborxona boshqaruvi va amaliyot o‘tash imkoniyatlariga ega bo‘lib, bu jarayonlarda SQL va ERP tizimlari kabi texnologik vositalarni samarali qo‘llashni o‘rganadilar. Ushbu ta’lim va amaliy mashg‘ulotlar natijasida talabalar jahonning hozirgi logistika muhitiga nazariy va amaliy jihatdan tayyor bo‘ladilar.

 

Agar siz logistika sohasida yetuk mutaxassis bo‘lishni istasangiz va O‘zbekiston hamda xalqaro mehnat bozorida yuqori malakali kadr sifatida o‘z o‘rningizni topishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, bizning universitetimizda ta’lim olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

 

Yo‘nalishga onlayn ariza topshirish yoki to‘lov miqdori bo‘yicha ma’lumot olish uchun ushbu havolaga murojaat qilishingiz mumkin: aifu.uz

 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Email: info@aifu.uz

Telefon: (+998) 78 555 21 21

Manzil: Toshkent tumani, Toshkent halqa yo‘li ko‘chasi

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры