Ustama olayotgan o‘qituvchilar ham 1- oktyabr bayrami munosabati bilan mukofot puli olishi mumkinmi? - Ta’lim xabarlari
Ustama olayotgan o‘qituvchilar ham 1- oktyabr bayrami munosabati bilan mukofot puli olishi mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli (2019 yil 30 sentyabrdagi 823-sonli) qaroriga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining xodimlarini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan direktor jamg‘armasidan mukofot puli ajratish imkoniyati mavjud.

 

Bu qarorga ko‘ra, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga har oylik ustama belgilanadi, shuningdek, ularni mukofotlash jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Nizomning 29-bandiga asosan, barcha umumta’lim muassasasi xodimlari, shu jumladan rahbariyat, “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan BHMning 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda mukofot olish huquqiga egalar.

 

Bu mukofotlanish jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, Nizomning 32-bandiga ko‘ra, Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan o‘quvchilarning tanlov, musobaqa yoki imtihon fanlari o‘qituvchilari ham qo‘shimcha mukofot puli olishlari mumkin.

 

Bunda o‘qituvchilarga bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida bir martalik mukofot to‘lanishi nazarda tutilgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры