Pedagoglar malaka toifasi olish uchun necha ball to‘plashi kerak?

Pedagog-o‘qituvchilar majburiy attestatsiyadan o‘tishda me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan tartib bo‘yicha saralanadi.

 

Oliy malaka toifali yoki bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

 

–80 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) saqlangan;

 

–80 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, birinchi malaka toifasiga (yetakchi o‘qituvchi lavozimiga)

 

–tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

 

Birinchi malaka toifali yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

 

–80 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) berilgan;

 

–70 balldan 79 ballgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) saqlangan;

 

–70 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, ikkinchi malaka toifasiga (katta o‘qituvchi lavozimiga) tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

 

Ikkinchi malaka toifali yoki katta o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

 

–70 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) berilgan;

 

–60 balldan 69 ballgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) saqlangan;

 

–60 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

 

Mutaxassis yoki oliy ma’lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

 

–60 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) berilgan;

 

–55 balldan 59 ballgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsizdan o‘tgan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlangan;

 

–55 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno) hisoblanadi.

 

–Navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar attestatsizdan o‘ta olmagan taqdirda, ularning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ular lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanmaydi.

 

–Mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.

 

Agarda ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyaga ko‘pi bilan uch marta jalb etiladi. Bunda uch martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan yoki uzrli sababsiz (kasallikka chalinishi oqibatida uzoq muddatli mehnatga qobiliyatsizlik hamda davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligidan tashqari hollarda) attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadr bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bekor qilinadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры