O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan 2024 yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va maqsadli doktorantura yo’nalishlarida hujjatlar qabul qilinishi haqida xabar berildi.
Jarayon Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli qaroriga muvofiq, tasdiqlangan 5 200 ta kvota asosida raqamli platforma orqali amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanish istagidagi talabgorlar uchun xorijiy tillarni bilish darajasi bo’yicha milliy yoki xalqaro sertifikatlar talab etiladi. Bu talab O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli (2021 yil 19 maydagi PQ-5117-sonli) qarori asosida joriy qilingan.
Prezidentning 2020 yil 12 avgustdagi PQ-4805-sonli qaroriga binoan, kimyo va biologiya yo’nalishlarini faqat “a’lo” baholar bilan tamomlagan magistrlar milliy yoki xalqaro sertifikatsiz tayanch doktoranturaga imtihonsiz qabul qilinadilar.
Shuningdek, Prezident stipendiyasi sovrindorlari ham ushbu imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega.