Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdikulova va Innovatsiyalar milliy ofisi xodimlari «Plug and Play» global innovatsion platformasi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda startaplarni moliyalashtirish holati, Innovatsion rivojlanish agentligi va Yoshlar akademiyasi hamda Innovatsiyalar milliy ofisi hamkorligida tashkil etilayotgan tanlovlar, xususan, “Milliy hub” dasturi haqida maʼlumot berildi.
Davlat oliy taʼlim muassasalari uchun moʻljallangan kitoblar ularning byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan nashr etiladi
Bu haqda Prezidentning “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qabul qilingan 2023-yil 28-noyabrdagi PQ–380-son qarorida belgilandi.
Ta’lim sifatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator masalalar muhokama etildi
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan ta’lim tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Maktab o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalari onlayn diagnostikadan o‘tkaziladi
Bunda o‘qituvchilar o‘zlariga qulay joy va belgilangan vaqtda diagnostikaga doir topshiriqlarni onlinedu.uz platformasi orqali bajarishlari mumkin bo’ladi.
Rossiya bilan o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik qilinadi
2023-yilning 25–28-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Ta‘lim va ilm-fan vazirligi tomonidan tashkil qilingan professional taʼlim muassasalari o‘rtasida kadrlarni ommaviy tayyorlash yo‘nalishlarida kasbiy mahorat bo‘yicha birinchi marta “Professionallar” chempionati o‘tkazildi.
O‘zbekiston terma jamoasi Xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etish uchun Tailandga jo’nab ketdi
O‘zbekiston terma jamoasi 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etish uchun Tailandga yo'l oldi! Joriy yilning 1-10-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi o’tkaziladi.