Inklyuziv taʼlim uchun qancha ustama toʻlanadi?

Inklyuziv taʼlim uchun qancha ustama toʻlanadi?

Savol: Umumtaʼlim maktabda inklyuziv taʼlimda maxsus pedagog boʻlib faoliyat yurityabman. 4 oy boʻldi 2 ta sinfda 2 nafar oʻquvchim bor. Vazirlar Mahkamasining 638-sonlli qarorda ustama haqida berilgan. Oʻsha qarorda necha foiz ustama toʻlanadi?

 

Inklyuziv ta’lim sinflari o‘qituvchilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi sinfda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bir nafar bola uchun tarif stavkasining 10 foizi, ikki nafar bola uchun tarif stavkasining 20 foizi, uch nafar bola uchun tarif stavkasining 30 foizi miqdorida, ikki va undan ortiq inklyuziv ta’lim sinflarida to‘rt nafar va undan ortiq bola uchun ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirgan fan o‘qituvchilariga tarif stavkasining 40 foizi miqdorida belgilanadi.

 

Boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar o‘qituvchilari bolalar sonidan qat’i nazar, inklyuziv sinflar yoki boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda faoliyat yuritayotgan maxsus pedagoglarga va yordamchi xodim (assistent-o‘qituvchi)larga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi lavozim maoshining 50 foizi miqdorida to‘lanadi.