Bu borada ikki davlat rahbariyatining oliy darajadagi uchrashuvlarida kelishuvga erishilgan. Ushbu maktab binosini qurish uchun Toshkent shahar hokimligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga Shayxontohur tumani Koʻhota mahallasidan 31 sotix yer uchastkasi ajratib bergan.
Toshkent shahar hokimligi, bundan tashqari, Mirzo Ulugʻbek tumani “Jasorat” mahallasidan 2,5 gektar yer uchastkasini Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat binosini qurish uchun ajratib bergan.
