So’nggi yangiliklar
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi malaka test sinovlarida 98 ball bilan oliy malaka toifasiga ega bo‘ldi
Joriy yil kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun alohida ruxsatnomalar beriladi
Ma’lumotlarga ko’ra, endilikda ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlarga alohida ruxsatnomalar beriladi. Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan: – yo‘nalish – oliy ta’lim muassasasi nomi; – manzil; – sanasi va vaqti aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi. Hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan […]
Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari sanasi ochiqlandi
Joriy yilning 8-, 9-, 10-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi. Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda […]
Prezident maktablariga kirish imtihonlari boshlanish sanasi e’lon qilindi
Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi! Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi telegram tarmog’ida xabar qildi. Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi. Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida) o‘tkaziladi. Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish […]
Maktabgacha taʼlim agentligi davlat organi sifatida tugatilishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi Maktabgacha taʼlim agentligi davlat organi sifatida tugatilayotgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Ijtimoiy tarmoq faoli, sobiq deputat Rasul Kusherbayev ushbu jarayon “yillar davomida yaratilgan tizim izdan chiqishiga olib kelishi mumkin”ligini bildirdir. “Agar shunday boʻlsa bu maktabgacha taʼlim sohasida katta muammolar paydo qilishi, shuncha yillar davomida yaratilgan tizim izdan […]
Oʻzbekistonning Top-10 IT taʼlim markazlari maʼlum boʻldi
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi Oʻzbekistonning Top-10 IT taʼlim markazlarini e’lon qildi. Mazkur reyting quyidagi mezonlar asosida shakllantirildi: – Oʻquv markazidagi mavjud kurslar soni; – Oʻquv markazida taʼlim olayotgan oʻquvchilar soni; – Kurslarni muvaffaqiyatli bitirganlar soni; – Ishga kirgan oʻquvchilar soni; – IT eksportyor kompaniyalarga ishga kirgan bitiruvchilar soni. […]
Xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha bir martalik subsidiya ajratiladi
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha bir martalik subsidiya ajratilishi belgilangan. Shuningdek, xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini ta’sis etilgan. […]
Navoiylik o‘quvchi kirish imtihonlarisiz OTM talabasi bo‘ldi. Bilim va malakalarni baholash agentligi unga omad tiladi
Ta’kidlash lozim, 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul jarayoni “avval test, keyin tanlov” tamoyiliga asosan tashkil etiladi. Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 25-iyunda yakunlandi.
Magistraturaga qabul davom etmoqda. Yangilangan til sertifikatlari haqida eng asosiy ma’lumotlar (yo‘nalish va til darajalari kesimidagi to‘liq ro‘yxat)
Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz qoʻllaniladi.
Ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi
“Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–94-son, 22.06.2024 y) qabul qilindi. Farmonda joriy yil 1-sentabrdan boshlab ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga 100 foizlik ustama to‘lash tizimi joriy etilishi belgilab berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston tarixi va ingliz tili fanlarining chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishiga hamda umumlashgan tabiiy fan […]
Akademik litseylarga kirish natijalari tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlanadi
Akademik litseylarga kirish test natijalari tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlanadi. Ushbu tartibga ko’ra, abituriyent to‘plagan bali ustuvorligi asosida: – u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi. Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat […]
2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarga kirish imtihoni mezonlari ma’lum qilindi
Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146: 🔹IQ — 1.1*20 =22; 🔸1-fan — 3.1*20=62; 🔹2-fan — 3.1*20=62.
Bugundan kasb-hunar maktablariga qabul boshlandi
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2024-yil 9-sinf bitiruvchilari 100 dan ortiq kasblardan birini egallashlari uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.