So’nggi yangiliklar

Kimyo va biologiya fanlaridan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi, baholash mezonlari hamda namunaviy test topshiriqlari e’lon qilindi

Ma’lumki, 2025-yildan boshlab kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari yangi formatda o‘tkaziladi. Talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida kimyo va biologiya fanlaridan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi, baholash mezonlari hamda namunaviy test topshiriqlari e’lon qilindi.     Mazkur
Kimyo va biologiya fanlaridan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi, baholash mezonlari hamda namunaviy test topshiriqlari e’lon qilindi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlandi

Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.

Navoiyda 11 yoshli qiz B2 sertifikatini qoʻlga kiritdi

Navoiyda 11 yoshli qiz B2 sertifikatini qoʻlga kiritdi

Xatirchi tumanidagi 22-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Zarina Muhiddinova chet tilini bilish darajasi boʻyicha B2 qoʻlga kiritdi. Bu haqida viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Munosabat: Xususiy OTMning litsenziyasi to‘xtatilsa, undagi talabalar nima qiladi?

Munosabat: Xususiy OTMning litsenziyasi to‘xtatilsa, undagi talabalar nima qiladi?

“Kun.uz” tomonidan e’lon qilingan “Xususiy OTMning litsenziyasi to‘xtatilsa, undagi talabalar nima qiladi?” sarlavhali maqola bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qildi.   Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonini tashkil etish va litsenziya talablari buzilganlik holatlari bo‘yicha vazirlikka kelib tushgan norozilik murojaatlari asosida tekshirish natijalariga ko‘ra hozirga qadar lisenziya talablari va shartlarini qo‘pol […]

Nafaqadagi o’qituvchilar dars o’tishi mumkin emasmi?

Nafaqadagi o’qituvchilar dars o’tishi mumkin emasmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Endilikda pensiya yoshidagi o’qituvchilar dars o’tishmaydi, ham pensiya ham oylik olishmaydi” degan xabarlar tarqaldi. Tabiiyki ushbu xabar ko’plab o’qituvchilar tomonidan yaxshi kutib olinmadi. Talimxabarlari.uz jamoasi ushbu xabarlarni o’rganib shularni ma’lum qiladi.   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-son “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” […]

Tezkor: Maktablarda yana bir yangi lavozim joriy qilinadi

Tezkor: Maktablarda yana bir yangi lavozim joriy qilinadi

2024-2025-o’quv yilidan boshlab o’quvchilarni kasblarga o’qitish ishlarini samarali yo’lga qo’yish uchun maktablarda ustaxonalar tashkil qilinadi.   Bunda oylik ish haqi oliy ma’lumotli maktab o’qituvchisiga tenglashtirilgan “Kasbiy ta’lim ustasi” lavozimi joriy qilinadi.   Bu haqida “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida nazarda tutilmoqda.  

Tayinlov:  Maktabgacha  va maktab ta’limi   vaziriga ikki o’rinbosar tayinlandi

Tayinlov: Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga ikki o’rinbosar tayinlandi

Joriy yilning 2-fevral kuni Radjabov Sardor Baxtiyorovich hamda Boqiyev Farxod Esanovich Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o’rinbosari lavozimiga tayinlandi.     Radjabov Sardor Baxtiyorovich tayinlovga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining, Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.     Boqiyev Farxod Esanovich esa tayinlovga qadar Senatning Axborot siyosati va […]

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirining ikki o’rinbosari lavozimidan ozod qilindi

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirining ikki o’rinbosari lavozimidan ozod qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich va Kenjayev Dilshod Mutalibovich egallab turgan lavozimidan ozod qilingan. Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova Talimxabarlari.uz ga ma’lum qildi.   Ma’lumot uchun Uzoqboy Begimqulov hamda Dilshod Kenjayev 2023-yilning 31-yanvarida vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz