So’nggi yangiliklar

Yangi o‘quv yilidan 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi

Yangi o‘quv yilidan 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshiradi hamda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda.   Yig‘ilish davomida, yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy […]

Xususiy o’quv markazlari ijara to‘lov xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilib beriladi

Xususiy o’quv markazlari ijara to‘lov xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilib beriladi

Yoshlar ishlari agentligi 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab xususiy o‘quv markazlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi hamda rasmiy veb-saytida e’lon qilib boradi. Ushbu qaror Prezidentning  “Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida (PQ-239-son, 27.06.2024) keltirilgan.   Reyting natijalariga ko‘ra, olis va chekka hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi eng yuqori ko‘rsatkichga […]

Endilikda yoshlar til o‘rganganligi uchun moddiy rag‘batlantiriladi

Endilikda yoshlar til o‘rganganligi uchun moddiy rag‘batlantiriladi

“Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-239-son, 27.06.2024) qabul qilindi.   Qarorga ko‘ra:   –  imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarning imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilish bilan bir […]

Har bir tumandan mentor-oʻqituvchilar tanlab olinadi va ularga qoʻshimcha har oy 20 foiz ustama toʻlanadi

Har bir tumandan mentor-oʻqituvchilar tanlab olinadi va ularga qoʻshimcha har oy 20 foiz ustama toʻlanadi

Prezidentning 21.06.2024-yildagi qarori PQ-231-son qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan boshlab pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini taʼminlash maqsadida barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida malaka oshirishning “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida esa, shuningdek, “Kasbiy rivojlanish kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi.   Bunda:   “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini tashkil […]

“El-yurt umidi” jamg‘armasi talabalarga qanday imkoniyatlar beradi? Shular haqida batafsil

“El-yurt umidi” jamg‘armasi talabalarga qanday imkoniyatlar beradi? Shular haqida batafsil

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovida nomzodlarga qanday talablar qo‘yiladi?   Stipendiyaga da’vogar yoshlar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi kerak. Shuningdek, ushbu tanlovda  bakalavriat uchun 25 yoshgacha, magistratura 20 yoshdan 45 yoshgacha va doktoranturada 22 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lganlar ishtirok etishi mumkin.   Talabalardan kamida ikki yillik mehnat tajribasi talab etiladi.   Bundan tashqari nomzodlar uchinchi shaxslarning to‘liq […]

“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2024-yilgi stipendiya tanlovini e’lon qildi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2024-yilgi stipendiya tanlovini e’lon qildi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi. Ushbu stipendiya tanlovi yoshlarning xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olishi uchun mo‘ljallangan.   2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi 500 nafar yoshlarni qamrab oladi. Shulardan:   – bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin, – magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin, […]

2024-yilning dastlabki besh oyida 65 nafar maktab o‘quvchisi YTH natijasida halok bo’lgan

2024-yilning dastlabki besh oyida 65 nafar maktab o‘quvchisi YTH natijasida halok bo’lgan

2024 yilning dastlabki 5 oyi davomida 359 nafar o‘quvchi bilan bog‘liq YTH sodir etilgan. YTHlar natijasida halok bo‘lganlarning 65 nafari maktab o‘quvchilaridir.   294 nafar o‘quvchi esa turli darajada tan jarohatlari olgan. O‘tgan 2023-yilda esa bolalar bilan bog‘liq 1 ming 794 ta YTH sodir etilib, ularda 1 ming 568 nafar bola jarohatlangan va 263 nafar bola […]

Milliy sertifikat natijalariga ko’ra o‘zbek tili va adabiyoti fanidan yuqori ball olganlarga imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi mumkin

Milliy sertifikat natijalariga ko’ra o‘zbek tili va adabiyoti fanidan yuqori ball olganlarga imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi mumkin

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining o‘zbek tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikatda yuqori ball (A va A+) to‘plagan 14−30 yosh oralig‘idagi fuqarolarga imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab berilishi loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Mablag‘ Yoshlar ishlari agentligi jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.   Mazkur xarajatlarni qoplab berish amaliyoti 2025-yil 1-yanvardan boshlanishi reja qilingan.   Ariza beruvchi imtihon […]

Qabul yakunlandi. Joriy yilda avvalgi yillarga nisbatan kam abituriyent ro’yxatdan o’tgan

Qabul yakunlandi. Joriy yilda avvalgi yillarga nisbatan kam abituriyent ro’yxatdan o’tgan

2024 – 2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.   Avvalgi yillarda:   2023-yilda – 1 018.000 nafar; 2022-yilda – 1 214 232 nafar; 2021-yilda – 948.000 nafar; 2020-yilda – 1 484 085 nafar; 2019-yilda – 1 066 925 nafar; 2018-yilda […]

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etiladi

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etiladi

“Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident Qarori (PQ-231-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi   Qarorga ko’ra, Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o’rgatish milliy-tadqiqot instituti negizida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti (Institut) hamda uning Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarda pedagogik mahorat markazlari tashkil etiladi. […]

O‘zbek tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida yuqori ball to‘plaganlarga imtihon xarajati qoplab beriladi 

O‘zbek tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida yuqori ball to‘plaganlarga imtihon xarajati qoplab beriladi 

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbek tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.   Quyidagilar:   – O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish bo‘yicha davlat […]

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz