Ijtimoiy tarmoqlarda Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovning majlisdagi videolari tarqalmoqda.
Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov maktab direktorlari yig‘ilishlarga chaqirilishini taqiqlash kerakligini aytdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda u tuman hokimlariga bu borada qat’iy talab qo‘ygan.
— Maktab direktorlarlari birorta yig‘ilishga chaqirilmaydi. Mutlaqo taqiqlanadi. Barcha tuman hokimlariga yetkazinglar, chaqirmoqchi bo‘lsa birinchi vazirlikdan ruxsat olsin, — degan Erkinjon Turdimov.
Bu voqea Erkinjon Turdimov hokimlik lavozimida yoki Ta’lim va ilm-fan vaziri sifatida o‘tkazgan majlisdan lavhalar ekanligi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Avvalroq, vazir ta’lim olish uchun O‘zbekistonda sharoitlar yaratilgani, faqat tartibni joyiga qo‘yish kerakligi haqida gapirgan edi.
