Bir kunda milliy sertifikat imtihoni uchun 203 mingdan ortiq ariza topshirilgan

Bir kunda milliy sertifikat imtihoni uchun 203 mingdan ortiq ariza topshirilgan

Noyabr oyida boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat imtihonlari uchun bir kunda 203 mingdan ortiq ariza kelib tushgan.

 

2026-yil noyabr oyida boʻlib oʻtadigan biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida qatnashish uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatga olish jarayoni davom etmoqda.

 

16-oktyabr soat 15:00 holatiga koʻra jami 203 mingdan ortiq talabgor roʻyxatdan oʻtgan. Shulardan 44 mingdan ortigʻi my.gov.uz portali orqali yuborilgan boʻlsa, MyGov ilovasi orqali 159 mingdan ortiq ariza yuborilgan. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar qildi.

 

Muhim oʻzgarish! Endilikda milliy sertifikat imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar 24 soat ichida toʻlov amalga oshirishi kerak boʻladi. Toʻlov qilinmagan arizalar bekor qilinadi va oʻrniga boshqa talabgorlarning arizasi qabul qilinadi.