Biologiya, kimyo, fizika va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
Biologiya, kimyo, fizika va matematika fanlaridan navbatdagi milliy sertifikat imtihoni 26–30-sentyabr va 2–4-oktyabr kunlari o‘tkaziladi va talabgorlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi.
Imtihon quyidagi kunlarda bo’lib o’tadi:
26- va 28-sentyabr kunlari biologiya fanidan;
27–28-sentyabr kunlari kimyo fanidan;
29–30-sentyabr kunlari fizika fanidan;
2–4-oktyabr kunlari matematika fanidan.
26–28-sentyabr kunlari biologiya va kimyo fanlaridan test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:
1-smena uchun:
7:00 dan 8:30 ga qadar
2-smena uchun:
12:30 dan 14:00 ga qadar
29–30-sentyabr kunlari fizika hamda 2–4-oktyabr kunlari matematika fanlaridan test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:
1-smena uchun:
7:00 dan 8:30 ga qadar
2-smena uchun:
12:30 dan 14:00 ga qadar
Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin. Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib borishlari kerak.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi.
Eslatma! Ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha narsalarni (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash) olib kelmaslik so‘raladi.
