Oksford talabalari O‘zbekistonda o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganadi

Oksford talabalari O‘zbekistonda o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganadi

Oksford universitetida o‘tgan yil oktabr oyida boshlangan O‘zbekshunoslik dasturining navbatdagi bosqichi O‘zbekistonda davom etmoqda. Universitet talabalari o‘zbek tilini bevosita kundalik muloqot muhitida o‘rganish, shuningdek, mamlakat tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishish uchun O‘zbekistonga bir oyga kelgan.

 

Oksford universitetining “Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari” fakultetida o‘zbek va eski o‘zbek tillarini o‘rganish imkoniyati yaratilgan edi. Mazkur O‘zbekshunoslik dasturi o‘tgan yil oktabr oyida ish boshlagan edi.

 

Oksford talabalari O‘zbekistonda o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganadi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva dastur izchil yo‘lga tushib, amaliy natijalar berayotganini ta’kidladi.

 

Dastur doirasida Oksford talabalari bir oy davomida O‘zbekistonda bo‘lib, o‘zbek tilini kundalik jonli muloqot muhitida o‘rganadi.

Oksford talabalari O‘zbekistonda o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganadi

 

Shuningdek, ular mamlakatning tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishadi.

 

Talabalar Toshkent, Samarqand va Buxoroga tashrif buyurib, ushbu shaharlardagi tarixiy va madaniy meros bilan tanishishi rejalashtirilgan.

 

“Talaba yoshlarga o‘qishlarida muvaffaqiyatlar, tilimizning boyligi va ma’no jozibasini kashf etishlarida yangi taassurotlar tilayman”, — dedi Saida Mirziyoyeva.

 

Oksford talabalari O‘zbekistonda o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganadi