Barcha maktablar xalqaro baholash dasturlari bilan to‘liq qamrab olinadi

Barcha maktablar xalqaro baholash dasturlari bilan to‘liq qamrab olinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda.

 

Kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markazi bo‘ladigan Yangi Toshkent hududida kuni kecha Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston milliy kutubxonasining muhtasham binolari ishga tushirilgani ta’kidlandi.

 

Keltirilishicha, respublikadagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy etiladi va barcha maktablar xalqaro baholash dasturlari bilan to‘liq qamrab olinadi.
Ularda yoshlarni yuqori daromadli kasblarga o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, qamrov 1 millionga yetkaziladi.

 

«Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmaydi», –  dedi Prezidentimiz.

 

Kelgusida kamida 10 ta universitetni TOP mingtalikka kiritish katta marra sifatida belgilandi.

 

Shuningdek, ekologiya mavzusiga ham alohida to’xtab o’tildi. Jumladan, maktab, bog‘cha, shifoxona va ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlar jamiyatning daxlsiz boyligi sifatida muhofaza qilinishi belgilandi.