Yangi oʻquv yilida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida kontrakt narxlari oshiriladi — OTM rektori

Yangi oʻquv yilida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida kontrakt narxlari oshiriladi — OTM rektori

Joriy oʻquv yilida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida kontrakt 10 foizdan 20 foizgacha oshiriladi. Bu haqda oliy taʼlim muassasasi rektori Toʻlqin Teshaboyev maʼlum qildi.

 

22-avgust kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar uchun talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylashtirish markazi faoliyatiga bagʻishlangan press-tur boʻlib oʻtdi.

 

Press-tur davomida yangi oʻquv yilida kutilayotgan oʻzgarishlar, talabalarga yaratilayotgan qulayliklar haqida ham maʼlumot berib oʻtildi.

 

Jumladan, oliygoh rektori Toʻlqin Teshaboyev 2026-2027-oʻquv yilida kontrakt narxlari oʻtgan yilgiga nisbatan 10 foizdan 20 foizgacha oshirilishi rejalashtirilganini aytib oʻtdi.

 

«Joriy yilgi kontrakt narxlari yuzasidan universitet kengashida yigʻilish oʻtkazdik. Ushbu yigʻilishda bu yilgi oʻquv yilida kontrakt summalarini 10 foizdan 20 foizgacha oshirishni koʻrib chiqdik. Yaʼni, yangi o’quv yilida kontrakt narxlari yo’nalishlarga qarab, o’tgan yilgiga nisbatan 10-20 foiz miqdorida oshiriladi.

Chunki Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliyaviy mustaqil hisoblanadi va barcha xarajatlar — qurilish, oylik-maoshlar — hammasi universitet hisobidan qoplanadi. Biz davlatdan pul olmaymiz», — deydi rektor.

 

Shuningdek, rektor super-kontrakt masalasiga ham toʻxtalib oʻtdi. Unga koʻra, oliygohga kelib tushgan arizalarga qarab, super-kontrakt narxlari 26-avgustda boʻladigan ilmiy kengashda koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish