Bugun Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilingan edi. Hujjat topshirish vaqtida IELTS sertifikatini taqdim eta olmagan ayrim nomzodlarga uni yuborish uchun qo‘shimcha muddat berildi.
Xabaringiz bor, bugun, 14-iyul kuni Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 2026/2027-o‘quv yili uchun 1-bosqich saralash imtihoni natijalari e’lon qilindi.
Saralash yakunlariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 600 nafar nomzod 2-bosqich kirish imtihoniga tavsiya etilgan.
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining ta’kidlashicha, hujjat topshirish jarayonida IELTS imtihonini topshirgan, biroq natijasi kech e’lon qilingani sababli sertifikatini 1-iyulga qadar taqdim eta olmagan ayrim nomzodlardan murojaatlar kelib tushgan.
Shu munosabat bilan ushbu nomzodlarga 2026-yil 15-iyul soat 18:00 ga qadar IELTS sertifikati nusxasini maktabning info@alberuni.uz elektron pochta manziliga yoki +998 94 054 55 77 raqamiga yuborish imkoniyati berildi.
Qabul komissiyasi taqdim etilgan sertifikatlarni ko‘rib chiqadi.
Agar IELTS sertifikati hisobga olingandan keyin nomzodlarning bali o‘tish balidan yuqori bo‘lsa, ular qo‘shimcha ravishda 2-bosqich kirish imtihoniga tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 25-iyun kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-saralash bosqichi imtihon natijalari ham e’lon qilingan edi.
