“Yoshlar bilan bogʻliq barcha masalalar hal boʻldi, deb boʻlmaydi” — Prezident Shavkat Mirziyoyev

“Yoshlar bilan bogʻliq barcha masalalar hal boʻldi, deb boʻlmaydi” — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

 

Uchrashuv davomida prezident amalga oshirilgan sa’y-harakatlar hisobiga yurtimizda yoshlar bilan ishlash muhiti tubdan o‘zgarganini ta’kidladi.

 

Xususan, bilim olish, kasb-hunar egallash, til o‘rganish, ish topish va biznes boshlashda qiyinchilikka uchragan 1,5 million yoshlarning muammosi “Yoshlar daftari” orqali hal qilindi. Alohida dasturlar asosida biznes muhiti va imtiyozli resurslar natijasida yosh tadbirkorlar soni 5 karra ko‘payib, 287 mingdan oshdi.

 

O‘quv markazlarini ko‘paytirishga qulay sharoit yaratilgani uchun xorijiy tillarni intensiv o‘rganayotgan yigit-qizlar soni 3,5 millionga yetdi. Iqtidorli o‘quvchi va talabalarimiz nufuzli fan olimpiadalarida 434 ta, yosh sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda 2 ming 245 ta medalni qo‘lga kiritdi.

 

Tarbiyasi og‘ir yoshlarga huquq-tartibot idoralari va hokimlar biriktirilgani uchun ikki yilda yoshlar jinoyatchiligi 2,5 karra kamaydi.

 

“Lekin bu – yoshlar bilan bog‘liq barcha masalalar hal bo‘ldi, degani emas, – dedi davlat rahbari.

 

Yoshlar masalalari uchun mas’ul idoralar, vazirlar, hokimlar, rektorlar, texnikum va maktab direktorlari yoshlar muammosi, ehtiyoj va qiziqishlari bo‘yicha tinimsiz ishlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.