2026/2027-o‘quv yili uchun Prezident maktablari (5-sinf) va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat (5-, 6-, 7-sinflar)ga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi. Ruxsatnomalar arizachilarning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.
Prezident maktablari va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga hujjat topshirgan talabgorlardan ruxsatnomani ariza.piima.uz orqali yuklab olishlari talab etiladi.
Avvalroq, Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarining o’tlazilish tartibi haqida ma’lumot bergan edik.
