Yangi o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim uchun nomzodlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari 10-iyuldan 10-avgustga qadar davom etadi.
2026/2027-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish 10-iyul sanasidan boshlab my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
Bunda nomzodlar platformada:
- oʻzining pasport va JShShIR maʼlumotlarini kiritadi;
- diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
- oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻliq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha qabul kvotalari (parametrlari) OTMning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasining o‘z Kengashi tomonidan mustaqil belgilanadi.
