Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan sud hukmiga ko‘ra, Termiz tumanidagi maktab direktori 2 mln soʻm pora olgani uchun 4 yilga qamalgani aytilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida “Ipotekabank” ATB Surxondaryo filialiga 1 so‘m qiymatda 2026-yil 24-fevralda topshirilgan jami 2 million so‘m pullarni tilxat asosida egasiga qaytarilgan.
Ish bo‘yicha ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan tergov harakatlari davomida videotasvirga tushirilgan 1 dona DVD diskni jinoyat ishi bilan birga saqlanishi belgilangan.
Sudlanuvchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 57-moddasi bilan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Shuningdek, Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi v-bandi bilan JKning 45-moddasini qo‘llab, ikki yil muddatga davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan.
Avvalroq, Jizzaxda maktab direktori o‘qituvchidan dars soatlarini kamaytirmaslik uchun 300 AQSH dollari miqdorida pora talab qilgani hamda Xorazmda maktab direktori o‘qituvchini ishga olish uchun 14 mln so‘m pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingani kabi holatlar haqida xabar berilgandi.

