Chekka hududlardagi oʻquv markazlar oʻqituvchilarining daromad soligʻi 1 foiz etib belgilanishi mumkin

Chekka hududlardagi oʻquv markazlar oʻqituvchilarining daromad soligʻi 1 foiz etib belgilanishi mumkin

Prezidentga olis va chekka hududlarda oʻquv markazlarini tashkil etishga 300 million soʻmgacha ssuda ajratish, ular uchun ijtimoiy soliqni va oʻqituvchilarining daromad soligʻini 1 foiz etib belgilash taklif etildi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi loyihasi yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

 

Bu yoshlarga oid qabul qilinayotgan birinchi yaxlit strategiya boʻlib, Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda yoshlarning oʻrni va salohiyatini yanada toʻliq ochib berishga qaratilgan.

 

Strategiyada yoshlar bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, sifatli va inklyuziv taʼlimni rivojlantirish, xorijiy tillarni ommalashtirish va shu kabi bir qancha yoʻnalishlar belgilangan.

 

Jumladan, olis va chekka hududlarda oʻquv markazlarini tashkil etishga 300 million soʻmgacha ssuda ajratish, ular uchun ijtimoiy soliqni va oʻqituvchilarining daromad soligʻini 1 foiz etib belgilash taklif etildi. Shuningdek, B2 darajaga erishgan yoshlar uchun xorijiy pasport rasmiylashtirish uchun bojni, C1 daraja va tadbirkorlik tashabbuslari uchun ayrim davlat xizmatlari toʻlovlarini 50 foizgacha kamaytirish taklif qilinmoqda.