Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritayotgan Mexmonxonov tayyorlov kurslari yana bir iqtidorli o‘quvchining muvaffaqiyatiga zamin yaratdi. Ushbu kurs abituriyenti, shu tumandagi 7-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi Abdullayev Abduvoxid Abdumannob o‘g‘li bir nechta fanlardan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
O‘quvchi kelgusida Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash ishi yo‘nalishida tahsil olishni maqsad qilgan. U kimyo va biologiyadan A+, tarix B, o‘zbek tili va adabiyot B hamda matematikadan C kabi natijalarni qayd etgan.
Uning ta’kidlashicha, sertifikat olish g‘oyasi aynan Mexmonxonov tayyorlov kursiga kelganidan keyin paydo bo‘lgan va bu jarayonda ustozlarning yo‘naltirishi muhim rol o‘ynagan.
Talimxabarlari.uz sayti muxbiri mazkur o‘quvchi bilan sertifikatlarga tayyorgarlik jarayoni va rejalari haqida suhbatlashdi.
“Kimyo va biologiyaga 1,5 yil tayyorlandim”
O‘quvchi asosiy e’tiborni aynan tibbiyot yo‘nalishi uchun zarur bo‘lgan fanlarga qaratgan.
“Mexmonxonov Tayyorlov Kurslariga kelganimdan keyin ustozlar sertifikat olish g‘oyasini aytishdi. DTM imtihonlariga tayyorgarlikdan tashqari milliy sertifikatlar imtihonlariga qo‘shimcha tayyorgarlik tashkillashtirildi.
Asosiy fanlarga ya’ni kimyo va biologiyaga jami 1,5 yil, majburiy fanlarga esa 2 oydan tayyorlandim”
Mexmonxonov kurslari: natija berayotgan tizim
Mexmonxonov tayyorlov kurslari 15 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida kurs ko‘plab abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga tayyorlab kelmoqda.
Mansurbek Mexmonxonov 2023-yilda kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qo‘lga kiritgan. Pedagogning 15 dan ortiq ilmiy maqolasi xalqaro va respublika miqyosidagi nashrlarda, hatto “Scopus” bazasida indekslangan Fransiyaning “E3S Web of Conferences” xalqaro ilmiy jurnalida e’lon qilingan.

Muallif tomonidan yaratilgan 3 ta o‘quv qo‘llanma amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilar tomonidan keng foydalanilmoqda. Shuningdek, u o‘quv markazi rahbari sifatida faoliyat yuritib, 3 mingdan ortiq yoshning xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirishiga hissa qo‘shgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra:
- har yili o‘quvchilarning 94–95 foizi talaba bo‘ladi;
- bitiruvchilarning katta qismi aynan tibbiyot yo‘nalishiga kiradi;
- o‘quvchilarning ayrimlari Germaniya, Polsha, Belgiya, Shveytsariya kabi davlatlarda faoliyat yuritmoqda;
- joriy yilning o‘zida 400 ga yaqin o‘quvchi 1200 dan ortiq sertifikat qo‘lga kiritgan.
Bu ko‘rsatkichlar kursda tizimli yondashuv va samarali metodlar qo‘llanilayotganini ko‘rsatadi.
Tayyorgarlik jarayoni: qo‘llanmalar va darsliklar
Abduvoxidning aytishicha, u imtihonlarga oflayn tarzda va bir vaqtni o‘zida bir nechta emas balki navbatma-navbat tayyorgarlik usullaridan foydalanilgan.
“Kimyo fanidan Mexmonxonov Mansurxon ustozning konspektlari va 20 ta variantlik milliy sertifikat kitoblaridan va Doliyev Diyorbek ustozning tayyor qo‘llanma va darsliklaridan foydalandim. Biologiyadan Nasriddinov Fayzullo ustozning Milliy sertifikat testlar to‘plami va Umarov Diyorbekning mavzulashtirilgan bazasidan tayyorlandim”, – deydi u.
“Qiyin testlar ishlaganim uchun imtihon oson tuyuldi”
Abduvoxidning aytishicha, tayyorgarlik jarayonida murakkab testlar bilan ishlash unga real imtihonda ustunlik bergan.
“Kimga qanday bilmadim ammo menga berilgan savollarda qiyinchiliklar sezmadim. Chunki tayyorgarlik jarayonida berilgan test materiallari va masalalar juda qiyin edi. Balki shu sababdan bo‘lsa kerak qiyinchilik kamroq bo‘ldi. O‘quv kursidagi darslar paytida asosan milliy sertifikat darajasidagi test va masalalar bilan ishladim”, – eslaydi o‘quvchi.
Bu metod — murakkablik orqali tayyorlash — kursdagi asosiy yondashuvlardan biri ekanini ko‘rish mumkin.
“Gadjetlar taqiqlangani menga foyda berdi”
Bo‘lg‘usi talabaning fikricha, u tayyorgarlik ko‘rgan Mexmonxonov kurslarida qat’iy tartib o‘rnatilgani ham natijaga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
“Telefon borasida Mexmonxonov tayyorlov kurslarida qat’iy gadjetlarni ta’qiqlanganligi menga juda qo‘l keldi. Albatta, bayram kunlari va dam olish kunlari uyga borganda foydalandim ammo ko‘p emas”.
Shuningdek, Abduvoxid qattiqqo‘llik bilan birga ustozlari tomonidan motivatsiya va to‘g‘ri yo‘nalishlar olganini ta’kidladi.
“Ustozlar motivatsiya berib turdi”
O‘quvchi o‘z muvaffaqiyatida ustozlarining o‘rni alohida ekanini ta’kidladi.
“Ustozlarimning motivatsiyasi va to‘g‘ri yo‘nalish berishlari orqali tushkunlik holatlari ko‘p bo‘lmadi.”
Bu esa kursda nafaqat bilim, balki psixologik qo‘llab-quvvatlash ham muhim ekanini ko‘rsatadi.
Abduvoxid ayni paytda rus tilini mukammal darajada o‘rganayotganini bildirdi. Albatta u ham boshqa tengdoshlari kabi chet davlatlarda magistratura bosqichini o‘qishni niyat qilgan.
Abduvoxidni o‘qishlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz!
O‘quv markazi bilan bog‘lanish uchun tel:
+998952000990
+998952000330
Manzil: Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani
Google xaritadagi manzilimizga quyidagi havola orqali ulanasiz.



