Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 25-27-fevral, 3-4-mart kunlari musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.
Talabgorlar o‘z natijalarini @milliy_sertifikat_natijabot orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
- 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
- 65 – 69,9 ball — A daraja;
- 60 – 64,9 ball — B+ daraja;
- 55 – 59,9 ball — B daraja;
- 50 – 54,9 ball — C+ daraja;
- 46 – 49,9 ball — C daraja.
Shuningdek, musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi yuzasidan ovozli chat bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi.
Ovozli chat 17-aprel 15:00 da Ilmiy-o‘quv amaliy markazning telegramdagi rasmiy kanalida tashkil etiladi.
Ovozli chatda musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi hamda baholashdagi statistik tahlil usullari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.
