Xabaringiz bor, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-martdagi 99-son buyrugʻiga muvofiq, Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom oliy taʼlim jarayoni va tizimini tashkil etish, uning moliyaviy, mulkiy hamda xalqaro hamkorlik munosabatlarini, oliy taʼlim tashkilotlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni, shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlari talabalari va xodimlarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Ushbu nizom oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
Hujjat Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq qo‘llaniladi.
Mazkur nizomda oliy taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash Milliy malakalar ramkasining tegishli darajalariga muvofiqlashtirildi:
— 6-malaka darajasi (bakalavriat);
— 7-malaka darajasi (magistratura);
— 8-malaka darajasi (oliy taʼlimdan keyingi taʼlim).
Shuningdek, endilikda OTMlar xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlarini (ikkita diplom beruvchi dasturlar) amalga oshiriladi.
Qonunchilikka muvofiq, oliygohlar mustaqil ravishda yangi qoʻshma oliy taʼlim tashkilotlarini yaratishi, integratsiyalashtirilgan taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashi mustahkamlab qoʻyildi.
Xorijlik talabalar va xalqaro almashinuv yo‘nalishida chet el fuqarolarini Oʻzbekistonda oʻqitish va malakasini oshirish va oʻzbekistonlik talabalar va professor-oʻqituvchilarning xorijda oʻqishi yoki ilmiy-tadqiqot olib borishi faqatgina davlatlararo, idoralararo yoki oliygohlar oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, ilmiy-ishlab chiqarish integratsiyasi OTMlarga nafaqat taʼlim berish, balki xorijiy tashkilotlar, korxonalar va boshqa taʼlim dargohlari bilan birgalikda ilmiy-ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish (tijoratlashtirish) vakolati kengaytirildi.
