Xabaringiz bor, 2026-yilning birinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish muddati 15-yanvardan 1-martga qadar davom etdi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10-martiga qadar uzaytirilganligini haqida ma’lum qilgan edik.
Toʻlovlar miqdori:
a) DXM orqali murojaat etilganda BHMning 100 foizi (412 ming soʻm)
b) Pedagog.uzedu.uz — platformasi orqali murojaat etilganda, BHMning 90 foizi (370 ming 800 soʻm)
v) my.gov.uz orqali murojaat etilganda,murojaat etilganda BHMning 90 foizi (370 ming 800 soʻm)
Agar murojaat uchun toʻlov qilgan boʻlsangiz, lekin toʻlov platformada koʻrinmay qolsa yoki status “Toʻlov jarayonida” holatida turib qolsa, murojaat oynasidagi “Toʻlovni tekshirish” tugmasini bosing. Tugmani bosgandan soʻng toʻlov holati yangilanadi va toʻlovingiz koʻrinadi.
Shuningdek, ushbu havola orqali attestatsiya jarayoniga oid muhim ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O‘zbek tilida: https://t.me/uztditestbot
Rus tilida: https://t.me/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: https://t.me/uztdi_qrtestbot
