Ayrim sabablarga ko‘ra talaba oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin

Ayrim sabablarga ko‘ra talaba oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin

Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-sonli qaroriga muvofiq, talabalar o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin bo‘lgan holatlar belgilangan. Xususan, darslarni sababsiz ko‘p qoldirish, ichki tartib-qoidalarni buzish, to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaslik kabi holatlar bunga asos bo‘ladi.

 

Bunda:

 

– o‘z xohishiga ko‘ra;

 

– o‘qishning boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirilishi munosabati bilan;

 

– oliy ta’lim tashkilotlarining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzgani uchun;

 

– bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgani uchun (salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holat bundan mustasno);

 

– o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun taalluqli);

 

– talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;

 

– sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);

 

– talaba abituriyent sifatida oliy ta’lim tashkiloti qabul komissiyasiga taqdim etgan (topshirgan) hujjatlarining qalbakiligi yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlansa;

 

– vafot etganligi sababli.

 

Ma’lumot o‘rnida, harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida hamda oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga belgilangan tartibda akademik ta’til berilishi mumkin.