Samarqandda o‘quvchilar a’lochi o‘quvchini to‘da bo‘lib kaltaklagani aytilmoqda (video)

Samarqandda o‘quvchilar a’lochi o‘quvchini to‘da bo‘lib kaltaklagani aytilmoqda (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh maktab o’quvchilari a’lochi sinfdoshini to’da bo’lib kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Ma’lumotlarga ko’ra, holat Samarqand shahridagi maktabda bo’lgan.

 

Samarqand shahridagi 34-sonli maktabda bir guruh o‘quvchilar o‘smir bolani kaltaklagan. Guvohlarning aytishicha, bolalar dastlab “birma-bir chiqish”ga kelishib olgan, biroq ulardan biri yengila boshlagach, unga 10 nafarga yaqin bola qo‘shilib, maktab o‘quvchisini to‘da bo‘lib tepkilashgan.

 

Kaltaklashdan so‘ng ishtirokchilar videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

 

Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, holat  joriy yilning 23-yanvar sanasida sodir bo‘lgan. Ayni paytda holat  ichki  ishlar xodimlar bilan hamkorlikda o‘rganilmoqda.