TRKI-III (C1) Sertifikati bor pedagogga toifa sinovida imtiyoz beriladimi?

TRKI-III (C1) Sertifikati bor pedagogga toifa sinovida imtiyoz beriladimi?

Hukumatning 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son Nizomning 36-bandiga muvofiq pedagog kadrlar uchun malaka sinovlari har yili mart – may hamda oktyabr – noyabr oylarida vakolatli vazirliklar tomonidan oʻtkaziladi.

 

– (uchinchi xatboshi) Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili yoki Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan kamida B+ (avvalgi tizimda 80 ball yoki undan yuqori) darajadagi umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida sertifikatga ega fan oʻqituvchilariga (boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari bundan mustasno) sertifikatning amal qilish davrida navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal ball beriladi hamda ular ushbu oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan ozod etiladi.

 

Bunda, sertifikatga ega pedagoglar ikkinchi bosqich sinovida ishtirok etishlari majburiy hisoblanadi.

 

Shulardan kelib chiqib, TRKI-III (C1) Sertifikati uchun toifa olishda imtiyoz berilmaydi.

 

Ma’lumot o‘rnida, mazkur Sertifikatlar uchun imtiyozlar faqatgina bir marta, 2022-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkazilgan attestatsiyalarda berilgan. Undan keyingi davrlar uchun esa tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida bekor qilingan.