Til o‘rganishda ko’pchilik yo’l qo’yadigan eng katta 5 xato qaysilar?

Til o‘rganishda ko’pchilik yo’l qo’yadigan eng katta 5 xato qaysilar?

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi mutaxassislari til o’rganishda ko’pchilik yo’l qo’yadigan eng katta 5 ta xato haqida muhim ma’lumotlarni berdi. Jumladan:

 

1.  Faqat kitob bilan o‘rganish

Ko‘pchilik grammar o‘qiydi va so‘z yodlaydi. Lekin gapirishga kelganda qiynaladi. Sababi til faqat o‘qish bilan shakllanmaydi. Listening talaffuzni, speaking esa bilimni mustahkamlaydi. Kitob qoidani beradi, audio tovushni, gapirish esa aniq ko‘nikmani hosil qiladi.

 

2. Xato qilishdan qo‘rqib gapirmaslik

Ko‘p odamlar noto‘g‘ri gapirib qo‘yishdan cho‘chiydi. Natijada umuman gapirmaydi. Gapirmagan odam xato ham qilmaydi, lekin rivojlanish ham bo‘lmaydi. Har bir xato qayerda kuchsiz ekaningizni ko‘rsatadi. Yaxshi natijalar faqat gapirish orqali paydo bo‘ladi.

 

3. Nomuntazam mashq qilish

Bir kun ko‘p o‘rganib, keyin bir necha kun to‘xtab qolish keng tarqalgan holat. Bu usul bilan til xotirada saqlanmaydi. Har kuni qisqa mashq qilish samaraliroq. 15–20 daqiqa yetarli. Muntazamlik tilni odatga aylantiradi va unutishni kamaytiradi.

 

4. So‘zlarni alohida yodlash

So‘zni faqat tarjimasi bilan bilish yetmaydi. Gap tuzishda u esga tushmaydi. So‘zni sentence ichida o‘rganish kerak. Qaysi vaziyatda, qaysi so‘z bilan ishlatilishini ko‘rasiz. Shunda speaking paytida so‘z tezroq chiqadi.

 

5. Natijani tez kutish

Ko‘pchilik qisqa vaqtda erkin gapirishni xohlaydi. Bu bo‘lmagach, o‘rganishni tashlaydi. Har hafta kichik o‘sish katta natijaga olib keladi. Bugun tushunganingiz kecha bilmagan narsangiz bo‘lsa, siz oldinga yuryapsiz.