Vaqtincha ishsiz bo‘lgan pedagoglar ham attestatsiyada ishtirok eta oladimi?

Vaqtincha ishsiz bo‘lgan pedagoglar ham attestatsiyada ishtirok eta oladimi?

Malaka toifasi olish uchun oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun o‘qituvchilar taʼlim tashkilotida asosiy yoki oʻrindoshlik (soatbay) asosida faoliyat olib borayotgan boʻlishi kerak.

 

Nizomning 1-bandiga ko’ra, ushbu Nizom davlat maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) pedagog kadrlarini (keyingi oʻrinlarda — pedagog kadrlar) attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.

 

Shuningdek, Oliy taʼlim tashkilotlarini 2024-yilda tamomlagan yosh mutaxassislar avval ishga joylashib keyin navbatdan tashqari turi boʻyicha murojaat yuborishlari kerak.

 

Shu jumladan, magistr darajasiga ega boʻlgan pedagoglar ham avval taʼlim tashkilotiga ishga joylashib keyin toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtkazilmasdan ikkinchi toifa olish uchun murojaat yuborishlari kerak boʻladi.

 

Ham ishlab, ham tahsil olayotgan talaba-pedagoglar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin emas.

 

Shuningdek, sabablardan yana biri Toifa toʻgʻrisidagi Sertifikatlarda pedagogning ish joyi koʻrsatilishi shartligi belgilab qoʻyilgan.