Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on shahridagi 3-sonli maktabning 4-sinf o‘quvchisi Po’latov Ibrohimjon Chet tilini bilish darajasi bo’yicha B2 darajali ko‘rsatkichni qayd etdi.
Imtihon qismlariga mos ravishda natijalar quyidagicha:
— Listening 55;
— Reading 56;
— Writing 51;
— Speaking 43.
Avvalroq, Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 74-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Faxriddinov Iftixorbek CEFR B2 sertifikatini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

