O‘qishni ko‘chirish uchun transkriptni qanday olish mumkin?

O‘qishni ko‘chirish uchun transkriptni qanday olish mumkin?

Xabaringiz bor, bahorgi semestr uchun oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) uchun ariza topshirish 10-yanvardan boshlangan. Mazkur jarayon 20-yanvargacha (20-yanvar kuni ham) amalga oshiriladi.

 

Mazkur jarayonda talabgorlardan reyting daftarchasi, akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi, shuningdek, o‘qishni ko‘chirish (qayta tiklash) sabablarini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinadi.

 

Oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlgan talabalar quyidagi usulda transkript onlayn yuklab olishlari mumkin:

 

1-usul: My.gov.uz portali orqali. Bunda talabalar One ID parollari orqali my.gov.uz hukumat portali saytiga yoki ilovasiga kirish orqali onlayn yuklab olishlari mumkin. Xizmat koʻrsatish muddati avtomatik tarzda bo‘lib, xizmat bepul hisoblanadi.

 

2-usul: Hemis sayti yoki ilovasi orqali.

 

O‘qishni ko‘chirish uchun transkriptni qanday olish mumkin?