Farg‘onalik oʻquvchi Garvard universitetiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi

Farg‘onalik oʻquvchi Garvard universitetiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafruz Salohiddin qizi AQShning nufuzli Garvard universitetiga Integrative Biology (integratsiyalashgan biologiya) yo‘nalishi bo‘yicha 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi. U yutgan grantning umumiy miqdori 392 000 AQSh dollarini tashkil etadi.

 

Shuningdek, u xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tili bilim darajasini baholovchi IELTS imtihonida 8 ball natijani qayd etgan hamda SAT imtihonidan 1540 ball, shuningdek, nemis tili bo‘yicha Multilevel imtihonida B2 darajani qo‘lga kiritgan.

 

Avvalroq, Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Muhammadmirzo Olimov Shanxay Nyu-York universitetiga toʻliq grant asosida o‘qishga qabul qilinganligi haqida xabar bergan edik.