2026-yilda taʼlimga 100,3 trln soʻm ajratilishi rejalashtirilgan

2026-yilda taʼlimga 100,3 trln soʻm ajratilishi rejalashtirilgan

Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi va Budjetnoma ishlab chiqildi.

 

Mazkur “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi va Budjetnoma Budjet kodeksining 29-moddasiga muvofiq shakllantirilgan.

 

Qonun loyihasi 18 ta modda va 10 ta ilovadan iborat.

 

Unda 2026-yil uchun prognozlar va 2027–2028-yillar uchun budjet moʻljallari asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar bilan oʻzaro muvofiqlikda ishlab chiqilgan.

 

Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlari Qonun loyihasining 5-ilovasida 66 ta birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilari (vazirlik va idoralar) kesimida tasdiqlanmoqda.

 

Bunda, Davlat dasturlarining rejalashtirilgan davlat xarajatlari bilan uygʻunligini taʼminlash, ularning ijrosi boʻyicha jamoatchilik va Parlament nazoratini kuchaytirish maqsadida, Qonun loyihasida birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilari budjetida Davlat dasturlari uchun ajratilayotgan mablagʻlar alohida koʻrsatilgan.

 

Misol uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi joriy xarajatlari qatorida 15 ta, Sogʻliqni saqlash vazirligida 27 ta, Qishloq xoʻjaligi vazirligida 18 ta, Suv xoʻjaligi vazirligida 8 ta davlat dasturlari va tadbirlar uchun ajratilgan mablagʻlar alohida satrlarda koʻrsatilgan.

 

Qonun loyihasining 13-moddasiga koʻra, 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarini amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari belgilanayotgan boʻlib, keyingi yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarining akademik litseylari kollej va texnikumlar kabi mahalliy budjetlardan moliyalashtirishga oʻtkazilmoqda.

 

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim hamda ixtisoslashtirilgan maktablari obyektlarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va mukammal taʼmirlashga doir xarajatlarni moliyalashtirish respublika budjetidan mahalliy budjetlarga oʻtkazilmoqda.

 

Qonun loyihasi bilan tanishish – Faylni yuklash