Xabaringiz bor, “Mening maktabim” loyihasining 2025/2026-o‘quv yilidagi 1-bosqichi doirasida ovoz berish bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
Ovoz berish bosqichi davomida jami 111 270 ta loyihaga o‘quvchilar tomonidan 310 926 ta ovoz berilgan.
“Ochiq budjet” portalida “Mening maktabim” loyihasining 2025/2026-o‘quv yilidagi 1-bosqichi g‘oliblari e’lon qilindi.
Bunga ko‘ra, umumiy qiymati 259 153 mln so‘mni tashkil etgan 14 745 ta loyiha g‘olib deb topildi.
G’olib loyihalar ro’yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
