«Talimxabarlari.uz» internet nashri – 2022-yil dekabr oyida ishga tushgan oʻzbek tilidagi eng faol internet-nashrlardan biri. Sayt muassisi „EDUBOOST media“ mas`uliyati cheklangan jamiyati. Nashr faoliyati 2023-yil 24-sentaybr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 123630-raqam bilan roʻyxatga olingan.
Saytda bir nechta asosiy ruknlar faoliyat yuritadi. „Yangiliklar“ rukni taʼlim sohasidagi eng dolzarb voqealarni yoritadi, „Maqolalar“ ruknida jahon tajribasi, ilmiy-ommabop tahlillar va tadqiqotlar chop etiladi. „Grantlar“ rukni esa oʻquvchilar, talabalar va tadqiqotchilar uchun eng yaxshi xalqaro hamda mahalliy dasturlar haqida maʼlumotlar beradi.
„Yandex Metrika“ tahliliy tizimi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning sentyabr oyi holatiga koʻra, kuniga oʻrtacha 100 mingdan ortiq, oyiga esa 2 millionga yaqin oʻquvchini qamrab olmoqda. Saytdagi koʻrishlar soni bir oyda 5 milliondan oshgan.
Shuningdek, 2025-yilning fevral–avgust oylari, boshqacha aytganda, 6 oy davomida eʼlon qilingan xabar va maqolalar umumiy hisobda 24 million marta oʻqilgan, tashriflar soni esa 16 milliondan ortgan.
Bundan tashqari, Milliy qidiruv tizimi maʼlumotlariga koʻra, „Talimxabarlari.uz“ Oʻzbekistonning eng mashhur saytlaridan biri sifatida TOP-10 talik roʻyxatdan oʻrin egallab kelmoqda.