Qarshi davlat universitetida talaba yigit qizni pichoqlagani aytilmoqda - Ta’lim xabarlari
Qarshi davlat universitetida talaba yigit qizni pichoqlagani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi davlat universitetida pichoqbozlik bo‘lgani aytilgan video tarqaldi.

 

Qashqadaryo viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, joriy yilning 22-iyun kuni soat 08:30 larda yigit oʻziga oldindan tanish boʻlgan Qarshi davlat universiteti talabasi bilan universitet hududida oʻzaro janjallashib, qizning tanasini turli sohalariga oʻzi bilan olib kelgan pichoqni sanchib, ogʻir tan jarohati yetkazgan.

 

“Holat yuzasidan 22.06.2024-yilda Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

Jabrlanuvchi hozirda shifoxonada tibbiyot xodimlari nazorati ostida davolanmoqda.

 

Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

 

Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda”, – deyiladi viloyat prokuraturasi bildirgan munosabatda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры