Butun dunyoga tahminan 44 million o’qituvchi yetishmaydi – xalqaro tadqiqot

Butun dunyoga tahminan 44 million o’qituvchi yetishmaydi – xalqaro tadqiqot

Chilida boʻlib oʻtgan UNESCOning Jahon Oʻqituvchilar Sammitida ta’limdagi global muammolardan biri, o’qituvchilar yetishmovchiligi muhokama qilindi. Dunyo bo’ylab kelgusi 5 yilda o’quvchilar sonining oshib borishi hisobiga, 2030-yilga qadar yana 44 million o’qituvchiga ehtiyoj paydo bo’lishi mumkin.

 

Ushbu global muammoning kelib chiqishiga asosiy sabab qilib maosh yetishmasligi ko’rsatilmoqda. Oylik kamligi sabab ko’plab o’qituvchilar o’z ishidan bo’shamoqda, boshqalar esa shu sabab bilan o’qituvchilik kasbini tanlamoqchi ham emas. Eng katta moliyaviy ehtiyojlar  Janubiy Osiyo va Afrikada deb taxmin qilinmoqda — bu hududlarga 2030-yilgacha yangi oʻqituvchilarni moliyalashtirishda har biri uchun 25-30 milliard dollar kerak bo‘ladi.

 

Yevropa va Shimoliy Amerikada esa ayni paytda oʻqituvchilarni qoʻllab-quvvatlash uchun taxminan 5,4 milliard dollar miqdorida mablagʻ zarur deb hisoblanmoqda.

 

Sammit qatnashchilaridan biri Amina Mohammed ishtirokchilarga shunday dedi:

 

“Mutaxassislar juda koʻp — yosh oʻqituvchilar bir necha yillardan soʻng ishdan ketadi — bu kam maosh, katta ishlash majburiyati, cheklangan kasbiy rivojlanish, texnologik tayyorgarlikning yetishmasligi va koʻplab joylarda oʻqituvchilarga qarshi hurmatsizlik bilan bogʻliq. Biz oʻqituvchilardan kelajakni asrab qolishlarini soʻrayapmiz, lekin ularga zarur vositalar, ishonch va sharoitlar taqdim etmayapmiz.”

 

Muammoga yechim sifatida, hukumatlar o‘qituvchilar uchun ajratiladigan mablag‘ni qisqartirmasligi, maoshlarni oshirish, ish yuklamasini kamaytirish va ijtimoiy maqomni mustahkamlash kerakligi ko’rsatildi.

 

Shuningdek, o‘qituvchilarga doimiy treninglar, mentorlik va zamonaviy pedagogika bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash berilishi kerak. Chekka va qashshoq hududlarda ishlovchi o‘qituvchilarga qo‘shimcha imtiyozlar joriy etilishi zarur. Yangi avlod (Gen Z) o‘qituvchilarni ruhlantirish uchun grantlar, stipendiyalar va amaliy tayyorgarlik dasturlarini kuchaytirish lozim deya ta’kidlandi.